Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 335
  • Ko`rib chiqilganlar 295
    • Takliflar 49
    • Arizalar 251
    • Shikoyatlar 35
  • Ko`rib chiqilmoqda 40

REKTORINING SPORT FAOLIYATI FAKULTETI JAMOASI BILAN UCHRASHUVI

08:56, 16.04.2025      

Oliygoh rektor Bahodirjon Shermuhammadov universitetning Sport faoliyati fakulteti jamoasi bilan uchrashdi.

Uchrashuvda fakultet ilmiy salohiyatini oshirish, professor-o'qituvchilarga har taraflama ko'mak berish, o'zaro hurmat va ishonchga asoslangan korrupsiyadan holi sog'lom muhitda birgalikda mehnat qilish, yoshlar ta'lim - tarbiyasida qat'iy tartib -intizom, muomala va kiyinish madaniyatini chuqur singdirish kabi muhim masalalar muhokama qilindi.

Shuningdek, mavjud binolar holatini eng yangi zamonaviy talablar asosida to'liq qayta ta'mirlash va yangi sport jihozlari bilan ta'minlash, eng kuchli soha mutaxassislarini jalb qilish, yosh iqtidorli sportchilardan professional sport ustalari, olimpiada chempionlarini yetishtirish, har bir talaba bilan toifalar bo'yicha individual ishlash bo'yicha qator fikr va mulohazalar bildirildi.

Yig'ilishda universitet rektori tomonidan Farg'ona viloyati azaldan sportchilar yurti ekanini ta'kidlanib, biz bugun birgalikda bir tanu bir jon bo'lib yoshlarimizni sportning har bir sohasida eng yuqori marralarga olib chiqishimiz, muammolarni hamjihatlik bilan bartaraf etish lozimligini uqtirildi.

Asosiy vazifamiz - Vatan kelajagi, yoshlar taqdiri bizning qo'limizda ekanini anglagan holda o'z burchimizni sidqidildan, vijdonan bajarishdir, - deya ta'kidladi oliygoh rektori.

Mazkur uchrashuv kun tartibidan o'rin olgan muhim masalalardan biri sifatida professor-o'qituvchilarni fakultet rahbariyati lavozimlariga tayinlash masalasi ko'rib chiqildi. Bunga binoan, Ernazarov G'olib Ne'matovich fakultet dekani lavozimiga tayinlandi. Yoshlar masalalari va ma'naviy - ma'rifiy ishlar bo'yicha dekan o'rinbosari lavozimiga esa Ismoilov Sherzod Dilshodovich tayinlandi.

Muloqot samimiy va ko'tarinki ruhda bo'lib o'tdi. Uchrashuv yakunida universitet rahbari tomonidan fakultet o'quv binolari holati o'rganildi va sport - sog'lomlashtirish majmuasining sharoitlari ko'zdan kechirildi.