Har xil vazn toifalarida ogʻir narsalar koʻtarishda musobaqalashish mashg’ulotlari – og’ir atletika sport musobaqalarini paydo bo’lib, uning rivojlanishiga turtki bo’lgan. Bu sport turi juda qadimdan ma’lum bo’lib, 1860-yillardan rasmiy musobaqa sifatida sportning og’ir atletika nomi bilan olimpiya musobaqalari qatoridan o’rin egallagan.
Hozirgi vaqtda shtangani ikki qoʻllab dast va siltab koʻtarish ogʻir atletikaning asosiy mashqlari hisoblanadi.
O’zbekiston chempionati sport musobaqalari doirasida Farg’ona davlat universitetining Sport faoliyati fakulteti, Og’ir atletika yo’nalishi 1-bosqich 51.24- guruh talabasi Xoshimova Sevinch Qosimjon qizi faxrli1-o’rinni qo’lga kiritdi.
Shuningdek, o’g’il bolalar o’rtasida, 3-bosqich 01-22 A guruh talabasi Qobiljon Aliyev chempionatda ishtirok etib, faxrli 2-o’rinni qo’lga kiritdi. Ushbu yutuqlar talaba-yoshlar o’rtasida sportga bo’lgan qiziqishlarni yanada oshirishga hamda chempionlarni bundanda yuqori pog’onalarni zabt etishlariga ulkan imkoniyat eshiklarini ochishiga ishonamiz.