Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 466
  • Ko`rib chiqilganlar 433
    • Takliflar 59
    • Arizalar 362
    • Shikoyatlar 45
  • Ko`rib chiqilmoqda 33

ILMIY XABARLAR

15:50, 16.04.2025      

Hozirgi rivojlanayotgan davrda ijtimoiy adolatni amalga oshirish uchun ayol va erkaklarning jamiyat hayotida tengligini ta’minlash ustuvor vazifalardan biri bo‘lib qolmoqda. Farg’ona davlat universiteti yosh olimlarining navbatdagi izlanishlari Inson huquqlarining dolzarb muammolari, xususan ayollar huquqlari mavzusiga bag‘ishlandi.

Chet tillari fakulteti Ingliz tili amaliy kursi kafedrasi o‘qituvchisi Ganiyeva Malikaxon Sadikjanovnaning 09.00.04-Ijtimoiy falsafa ixtisosligi bo'yicha falsafa fanlari bo'yicha falsafa doktori (PhD) darajasini olish uchun "Jamiyatni yangilanish davrida gender munosabatlari: tadbirkor ayol fenomeni misolida" mavzusidagi dissertatsiyasi Namangan davlat universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi PhD.03/30.04.2021.F.76.06 raqamli Ilmiy kengashda 100% natija bilan himoya qilindi.