Kitobxonlik haftaligi doirasida universitetda ikki muhim kitobning taqdimoti bo'lib o'tdi. Tadbirda universitet rahbariyati vakillari hamda kitoblarning mualliflari, professor-o'qituvchilar ishtirok etdilar.
Taqdimoti o'tkazilgan kitoblardan biri rektor Bahodirjon Shermuhammadov, Y.T.Dodoboyev va S.A.Mahmudovalarning hammuallifligida yaratilgan "Ta'lim menejmenti" nomli asar bo'ldi.
Maʼlumot uchun, ushbu kitob zamonaviy ta'lim tizimini boshqarishning dolzarb masalalariga, ta'lim muassasalarida menejmentning o'rniga va uni takomillashtirish yo'llariga bag'ishlangan.
Tadbirda so'zga chiqqan professorlar kitobning mazmun-mohiyati, unda ko'tarilgan muammolar va ularning yechimlari haqida batafsil ma'lumot berib o'tdilar.
"Ta'lim menejmenti" bugungi kunda ta'lim sohasida faoliyat yuritayotgan rahbarlar, pedagoglar va tadqiqotchilar uchun muhim qo'llanma bo'lishi ta'kidlandi.
Ikkinchi taqdim etilgan kitob esa Xayrullo Bozorov, M.Sh.Yo'ldoshev, Bahodirjon Shermuhammadov, Y.T.Dodoboyev va K.M.Boymirzayevlarning birgalikdagi mehnati natijasi bo'lgan “Новая веха стратегического партнерства регионов Центральной Азии” nomli asar bo'ldi.
Ushbu kitob Markaziy Osiyo mintaqasi davlatlari o'rtasidagi strategik sheriklikning yangi bosqichiga, hamkorlikning ustuvor yo'nalishlariga va mintaqaviy rivojlanish istiqbollariga bag'ishlangan.
Tadbir davomida kitobning bugungi kunda Markaziy Osiyo mintaqasining siyosiy-iqtisodiy rivojlanishidagi ahamiyati, davlatlararo munosabatlarni mustahkamlashdagi roli alohida qayd etildi.
Taqdimot davomida oliygoh professorlari har ikki kitobning ham ilmiy va amaliy ahamiyatini ta'kidlab o'tdilar.
Kitobxonlik haftaligi doirasida bunday tadbirlarning o'tkazilishi yosh avlodning kitobga bo'lgan qiziqishini oshirishga, ularning bilim olish va dunyoqarashini kengaytirishga xizmat qilishi qayd etildi.
Tadbir so'ngida ishtirokchilar mualliflar bilan o'zlarini qiziqtirgan savollar bo'yicha fikr almashish imkoniyatiga ega bo'ldilar.