Atrof-muhitni muhofaza qilish, biologik xilma-xillikni saqlash, iqlim oʻzgarishlarining oldini olish, ozon qatlamining yemirilishi, choʻllanish, atmosfera havosining ifloslanishi kabi global ahamiyatga ega masalalarni hal etish hozirgi kunda insoniyat oldida turgan eng muhim vazifalardan hisoblanadi.
Mamlakatimizda ham atrof-muhit muammolarini oʻrganish, ularni hal etish masalalari davlat siyosati darajasiga koʻtarilgan. Ayniqsa, soʻnggi yillarda davlat tomonidan atrof-muhitni muhofaza qilish, oʻsimliklar va hayvonot dunyosini, atmosfera havosi va tabiiy resurslarni asrash hamda chiqindi muammolarini bartaraf etish, ekologik taʼlimni joriy etishga qaratilgan eʼtibor va bu borada meʼyoriy hujjatlar ishlab chiqilib, hayotga tatbiq etilayotgani fikrimiz dalilidir.
Atrof muhitni muhofaza qilishga qaratilgan ilmiy – amaliy ishlar yuzasidan Farg’ona davlat universitetining Huquq ta'limi kafedrasi tomonidan “Atrof muhitni muhofaza qilishda sohalar uyg‘unligini ta’minlash masalalari” mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi tashkil qilindi.
UndaFargʼona viloyat prokuraturasi, Аdliya boshqarmasi, Fargʼona viloyat Аdvokatlar palatasi, Fargʼona viloyat Notarial palatasi, Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish Farg‘ona viloyatiboshqarmasi, O‘zbekiston Respublikasi Bosh Prokuraturasi huzuridagi majburiy ijro byurosi Farg‘ona viloyati boshqarmasi, Farg‘ona viloyat Sudi, O‘zbekiston Respublikasi Bosh Prokuraturasi huzuridagi Departamentning Farg‘ona viloyati boshqarmasi mas'ul xodimlari, shuningdek, universitet rahbariyati, fakultet jamoasi hamda talabalar ishtirok etdilar.
Anjumanda O‘zbekiston Respublikasi ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishlari vazirligining Farg‘ona viloyat boshqarmasi matbuot kotibi G.To‘xtasinovaning “Ekologik muammolar va ularni bartaraf etishda jamoatchilik o‘rni”;
Namangan davlat universiteti Davlat va huquq tarixi va nazariyasi kafedrasi o‘qituvchisi O.Po‘latovning “Ekologik muammolarni bugungi kundagi dolzarbligi masalalari”;
Universitet Huquq ta’limi kafedrasi mudiri J.Dadaboyevaning “Atrof muhitni muhofaza qilishning huquqiy asoslari”;
Ekologiya kafedrasi katta o‘qituvchisi M.Akbarovaning “Yashil boyliklar – salomatligimizva farovon hayotimiz manbai”;
Huquq ta’limi kafedrasi o‘qituvchisi X.Qodirovning “Ekologiya: hayotni muvozanatini tushunish” kabi mavzulardagi ma'ruzalari tinglandi.