Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 335
  • Ko`rib chiqilganlar 295
    • Takliflar 49
    • Arizalar 251
    • Shikoyatlar 35
  • Ko`rib chiqilmoqda 40

MALAYZIYA DELEGATSIYASI - FARG’ONA DAVLAT UNIVERSITETIDA

13:36, 17.04.2025      

Farg‘ona davlat universiteti o‘zining xalqaro hamkorlik aloqalarini izchil ravishda mustahkamlab bormoqda. Xususan, universitet uchun muhim va istiqbolli voqelik sifatida Malayziyaning ilm-fan va texnologiyalar sohasida yetakchi o‘rinlardan birini egallagan nufuzli oliy ta’lim muassasasi – Universiti Sains Malaysia (USM) vakillari universitetga tashrif buyurishdi.

Ushbu oliy darajadagi tashrif, global ta’lim va ilmiy hamjamiyat bilan integratsiyalashuv jarayonida muhim ahamiyat kasb etadi. Tomonlar o‘rtasidagi samimiy va konstruktiv muloqot kelajakdagi o‘zaro manfaatli hamkorlikning mustahkam poydevorini yaratishga qaratilgan bo‘lib, bu ikki universitet o‘rtasida nafaqat akademik, balki madaniy aloqalarning ham rivojlanishiga turtki beradi.

Malayziyaning Universiti Sains Malaysia delegatsiyasining Farg‘ona davlat universitetiga tashrifi o‘zaro anglashuv va hamkorlik ruhida o‘tdi. Uchrashuv davomida muhokama qilingan “2+1” qo‘shma ta’lim dasturini joriy etish talabalarga ikki mamlakatning ilg‘or ta’lim metodlari va madaniy muhitidan bahramand bo‘lish imkoniyatini yaratadi.

SCOPUS jurnallar bazasida hamkorlikda ilmiy maqolalar chop etish esa ikki universitet olimlarining xalqaro miqyosda e’tirof etilishiga va ilm-fan rivojiga qo‘shgan hissalarining oshishiga xizmat qiladi. Talabalar va professor-o‘qituvchilar almashinuvi orqali bilim va tajriba almashinuvi faollashadi, bu esa har ikki tomonning akademik muhitiga yangi naf olib kiradi.

Hamkorlik doirasida amaliy va ilmiy loyihalarni yo‘lga qo‘yish esa zamonaviy muammolarga yechim topishda ikki universitetning ilmiy salohiyatini birlashtirishga imkon beradi.

Ushbu tashrif Farg‘ona davlat universiteti uchun xalqaro maydonda yangi imkoniyatlar eshigini ochib, O‘zbekistonning oliy ta’lim tizimining global integratsiyasiga muhim hissa qo‘shadi. Kelgusida ushbu kelishuvlarning amalda ro‘yobga chiqarilishi ikki universitet o‘rtasidagi hamkorlikning yanada mustahkamlanishiga va rivojlanishiga olib keladi.

sinxron tarjima