Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 335
  • Ko`rib chiqilganlar 295
    • Takliflar 49
    • Arizalar 251
    • Shikoyatlar 35
  • Ko`rib chiqilmoqda 40

ILMIY XUSHXABAR

15:43, 17.04.2025      

Farg‘ona davlat universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi PhD.03/30.12.2019.FM.05.04 raqamli Ilmiy Kengash majlisi bo‘lib o‘tdi. Mazkur majlisda Fizika-matematika fakulteti, matematik analiz va differensial tenglamalar kafedrasi o‘qituvchisi Oripov Shukrullo Abdusalomovichning 01.01.02 – differensial tenglamalar va matematik fizika ixtisosligi bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun taqdim etgan dissertatsiya ishi himoyasi o‘tkazildi.

Oripov Shukrullo Abdusalomovichning “Bessel operatori qatnashgan to‘rtinchi tartibli giperbolik va psevdogiperbolik tenglamalar uchun masalalar” mavzusidagi ilmiy ishi Ilmiy Kengash a’zolari tomonidan chuqur va har tomonlama muhokama qilindi. Dissertatsiya mavzusining dolzarbligi, tadqiqotning ilmiy yangiligi, olingan natijalarning asoslanganligi va amaliy ahamiyati alohida ta’kidlandi.

Himoya jarayoni yuqori ilmiy saviyada, konstruktiv ruhda o‘tdi. Dissertant o‘zining ilmiy ishining asosiy mazmuni, metodologiyasi va erishilgan natijalari bo‘yicha batafsil ma’lumot berdi hamda Ilmiy Kengash a’zolarining savollariga to‘liq va asosli javoblar qaytardi.

Ovoz berish natijalariga ko‘ra, Ilmiy Kengash a’zolarining 100% ovozi bilan Oripov Shukrullo Abdusalomovichga fizika-matematika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini berish to‘g‘risida qaror qabul qilindi.

Sinxron tarjima