Farg‘ona davlat universitetiga Malayziyaning taniqli oliy ta’lim muassasasi – Universiti Sains Malaysia (USM) vakillari tashrif buyurdi.
Uchrashuv chog‘ida tomonlar o‘rtasida o‘zaro manfaatli hamkorlik masalalari muhokama qilindi.
Xususan:
“2+1” qo‘shma ta’lim dasturini joriy etish;
SCOPUS jurnallar bazasida ilmiy maqolalarni hamkorlikda chop etish;
Talabalar va professor-o‘qituvchilar almashinuvi;
Hamkorlik doirasida amaliy va ilmiy loyihalarni yo‘lga qo‘yish masalalari ko‘rib chiqildi.
Ushbu uchrashuv ikki tomonlama hamkorlikning yangi bosqichiga zamin yaratadi.