Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 335
  • Ko`rib chiqilganlar 295
    • Takliflar 49
    • Arizalar 251
    • Shikoyatlar 35
  • Ko`rib chiqilmoqda 40

"SIYOSIY FAOLLIK SARI"

15:24, 18.04.2025      

"Milliy tiklanish" demokratik partiyasi Farg‘ona viloyat Kengashi raisi boshchiligidagi mas’ullar viloyatdagi oliy ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan talaba onalar uchun yaratilgan shart-sharoitlarni o‘rganish maqsadida monitoring olib bordilar.

O‘rganish jarayonining ilk manzili Farg‘ona davlat universitetining Pedagogika, psixologiya va san’atshunoslik fakulteti bo‘ldi. Partiya vakillari universitet rahbariyati va fakultet dekanati bilan uchrashib, talaba onalarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan dasturlar, ularning oilaviy hayotini ta’lim bilan uyg‘unlashtirishga ko‘maklashuvchi maxsus kurslar va treninglar tashkil etilganligi bilan yaqindan tanishdilar.

O‘rganish davomida talaba onalarga ko‘rsatilayotgan ijtimoiy va psixologik yordam tizimi, jumladan, bolalar uchun yaratilgan sharoitlar, maslahat markazlarining faoliyati ham ko‘zdan kechirildi.

Partiya vakillari talaba onalar uchun o‘quv jarayonida qulayliklar yaratish, ularning farzandlari uchun zarur sharoitlarni ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratdilar.

"Milliy tiklanish" demokratik partiyasi Farg‘ona viloyat Kengashi raisi ta’kidlaganidek, talaba onalarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning ta’lim olishlari uchun zarur sharoitlarni yaratish davlat siyosatining muhim yo‘nalishlaridan biridir.

Universitetda olib borilayotgan ishlar tahsinga sazovor bo‘lib, bu tajriba viloyatning boshqa oliy ta’lim muassasalarida ham tatbiq etilishi maqsadga muvofiqdir.

O‘rganish yakunida partiya vakillari universitet rahbariyatiga talaba onalar uchun yaratilgan sharoitlarni yanada yaxshilash bo‘yicha o‘z taklif va tavsiyalarini bildirdilar.

Kelgusida ham bu kabi o‘rganishlar viloyatning boshqa oliy ta’lim muassasalarida davom ettirilishi rejalashtirilgan.