Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 335
  • Ko`rib chiqilganlar 295
    • Takliflar 49
    • Arizalar 251
    • Shikoyatlar 35
  • Ko`rib chiqilmoqda 40

"KORRUPSIYA – KELAJAK ZAVOLI"

15:47, 18.04.2025      

Fizika-matematika fakultetida "Korrupsiyaga qarshi kurashish oyligi" doirasida "Bo'lajak kadrlarni halollik vaksinasi bilan emlash - davr talabi" mavzusida keng qamrovli targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.

Tadbirning asosiy maqsadi talaba-yoshlar ongiga halollik, adolat va qonuniylik tuyg‘ularini singdirish, ularni korrupsiyaga qarshi murosasiz kurashuvchi yetuk kadrlar sifatida tarbiyalashdan iborat boʼldi.

Mazkur muhim tadbirda O'zbekiston "Adolat" SDP Farg'ona viloyat kengashi raisi Shahnoza Gʼaniyeva, O'zbekiston Respublikasi Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi korrupsiyaga qarshi kurashish "komplayens-nazorat" tizimini boshqarish bo'limi universitet vakili Akrom Turaxanov, Farg'ona viloyat adliya boshqarmasi, Farg'ona viloyati prokuroturasi, Farg'ona viloyati sudi, viloyat Ichki ishlar boshqarmasi vakillari kabi nufuzli mehmonlar o‘z ma’ruzalari bilan ishtirok etdilar.

Tadbirni fakultet dekani Toʼlqinjon Bakirov oʼz kirish so‘zi bilan ochib berdi va korrupsiyaning jamiyat rivojiga salbiy ta’siri, ayniqsa, yosh avlodning kelajagiga tahdid solishi haqida fikr bildirdi.

Shundan so‘ng, mehmonlar so‘zga chiqib, korrupsiyaga qarshi kurashishning huquqiy asoslari, uning oldini olish mexanizmlari, jamiyatda halollik muhitini yaratishning ahamiyati xususida batafsil ma’lumot berdilar.

Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi vakili o‘z nutqida ta’lim tizimida korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha olib borilayotgan islohotlar, "komplayens-nazorat" tizimining afzalliklari va talabalarning bu jarayonda faol ishtirok etishining zarurligini ta’kidladi.

Huquqni muhofaza qiluvchi organlar vakillari esa korrupsiyaga oid jinoyatlar uchun belgilangan javobgarlik, bu illatga qarshi kurashishda har bir fuqaroning o‘rni va mas’uliyati haqida tushuntirishlar berildi.

Tadbir davomida talaba-yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan mehmonlarga murojaat qilish imkoniyatiga ega bo‘ldilar. Savol-javob jarayonida korrupsiyaning oqibatlari, unga qarshi kurashishning samarali usullari, yoshlarning bu boradagi roli kabi masalalar muhokama qilindi.

"Bo'lajak kadrlarni halollik vaksinasi bilan emlash - davr talabi" mavzusidagi ommaviy targ‘ibot tadbiri talaba-yoshlarda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish, ularni halol va adolatli bo‘lishga undash, jamiyatda korrupsiyaga qarshi kurashish madaniyatini oshirishga xizmat qilishi bilan ahamiyatlidir. Tadbir yakunida faol ishtirok etgan talabalarga tashakkurnomalar topshirildi.