Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 335
  • Ko`rib chiqilganlar 295
    • Takliflar 49
    • Arizalar 251
    • Shikoyatlar 35
  • Ko`rib chiqilmoqda 40

UNIVERSITET REKTORI BAHODIRJON SHERMUHAMMADOV ERJINES UNIVERSITETI REKTORI FOTIX ALTUN BILAN MUZOKARALARDA

15:41, 19.04.2025      

Farg'ona viloyati delegatsiyasining Turkiya Respublikasiga tashrifi davom etmoqda. Ushbu tashrif doirasida Universitet rektori Bahodirjon Shermuhammadov Turkiyaning Keyseri viloyati Erjiyes universitetida bo’lib, oliygoh rektori Fotih Altun bilan muzokaralar olib bordi.

Ikki davlatning tarixida muhim kun sifatida muxrlanadigan mazkur sanada olib borilgan muzokaralar universitetning xalqaro aloqalarini mustahkamlash va professor-o‘qituvchilarning professional kompetensiyalarini oshirishga qaratilgan muhim qadam bo‘ldi.

Dastavval, oliygoh rahbarlari ta’lim sifatini oshirish, innovatsion pedagogik texnologiyalarni joriy etish borasidagi ilg‘or tajribalari bilan yaqindan tanishdilar.

Muzokaralar davomida bir qator muhim kelishuvlarga erishildi. Jumladan, ikki universitet professor-o‘qituvchilari tomonidan qo‘shma ilmiy maqolalar va o‘quv qo‘llanmalarini tayyorlash, zamonaviy darsliklarni O‘zbekistonga olib kirish uchun investitsiyalarni jalb qilish masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, kelgusida bakalavr va magistratura bosqichlarida ta'lim olayotgan yoshlar bilan ta'lim investitsiyalarini tashkil qilish hamda ta'lim ekspertini amalga oshirish bo'yicha qator kelishuvlarga erishildi