Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 335
  • Ko`rib chiqilganlar 295
    • Takliflar 49
    • Arizalar 251
    • Shikoyatlar 35
  • Ko`rib chiqilmoqda 40

FARG’ONA VILOYATI DELEGATSIYASINING TURKIYAGA TASHRIFI DAVOM ETMOQDA

15:49, 19.04.2025      

Turizm, madaniyat, sanʼat va taʼlim sohalarining nufuzli vakillaridan iborat delegatsiya Turkiya zaminida "Farg'ona kunlari" doirasida bir qator tadbirlarni o'tkazmoqda.

Ushbu tadbirlar ikki qardosh xalq o'rtasidagi azaliy do'stlik va hamkorlik rishtalarini yanada mustahkamlash, O'zbekistonning boy milliy qadriyatlari va bebaho an'analarini keng namoyish etishga xizmat qilmoqda.


Farg’ona davlat universiteti rektori, professor Bahodirjon Shermuhammadov ishtirokidagi delegatsiya tashrifining muhim voqealaridan yana biri buyuk ajdodimiz, jahon ilm-faniga ulkan hissa qo'shgan alloma Ahmad Al-Fargʻoniy byusti bilan tanishuv boʼldi.

Bu muhtasham byustning Turkiya poytaxti Anqara shahrining markaziy xiyobonlaridan birida o'rnatilgani barcha yurtdoshlarimizga faxr va gʼurur bagʼishladi. Ushbu tarixiy voqea nafaqat Farg'ona viloyati aholisi, balki, butun O'zbekiston xalqining cheksiz iftixorini uyg'otdi.

Ahmad Al-Fargʻoniyning yorqin xotirasi va uning ilmiy merosi kelajak avlodlar uchun ham o'zining ahamiyatini yo'qotmaydi.