Qozoq va o‘zbek xalqlari azaldan o‘zaro yondosh, qondosh va jondosh xalqlardir. Ular doimo bir daryodan suv ichib, og’a-ini bo‘lib yashab kelganlar.
Qardosh o‘zbek va qozoq xalqlari o‘rtasidagi do‘stlik va hamkorlikni yanada mustahkamlash, adabiy-madaniy va ma’rifiy aloqalarning ravnaq topishiga munosib hissa qo‘shish hamdaqozoq milliy madaniyati va tarixi bilan yaqindan tanishish maqsadida Farg’ona davlat universitetining Filologiya fakulteti professor-o‘qituvchilari Abay nomidagi Qozog‘iston milliy pedagodika universitetida tashkil etilgan muzeyga tashrifbuyurdilar.
Qozoq madaniy merosini yaqindan bilish, qardosh qozoq xalqining san’at asarlari namunalaridan bahramand bo’lish jamoadoshlarimizda katta taassurot qoldirdi.