Xalqaro ilmiy hamkorliklar doirasida Farg’ona davlat universitetining Psixologiya kafedrasi professor-o'qituvchilari Qirg'iz-Turk Manas universitetida bo'lib o'tgan "V. International Congress of Turkic Civilization" nomli xalqaro Kongressda ishtirok etdilar.
Mazkur Kongressda Psixologiya kafеdrasi profеssori M.Isakova va kafedraning katta oʼqituvchisi N.Djuxanovalar hamkorlikda ishtirok etib, o‘z tadqiqot natijalarini taqdim etdilar hamdaxalqaro akademik almashinuvlar doirasida kafedra aʼzolarimazkur univеrsitеt talabalari bilan dars mashgʼulotlari oʼtkazdilar.
Shuningdek, universitet vakillari Y.Balasagin nomidagi Qirgʼiziston milliy univеrsitеtida boʼlib Oʼzbеkiston, Tojikiston, Qozogʼiston va Qirgʼiziston psixologlarining maktab dasturiga psixologiya fanini joriy qilish bo’yicha tashkil etilgan muhokamalarda ishtirok etdilar. Muhokamalarda kafedramiz a’zolari tomonidan berilgan taklif va mulohazalar dolzarb muammolarni yoritishdagi yangi yondoshuv sifatida e’tirof etildi.