Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 466
  • Ko`rib chiqilganlar 433
    • Takliflar 59
    • Arizalar 362
    • Shikoyatlar 45
  • Ko`rib chiqilmoqda 33

FARG’ONADA “TALABA YUGUR” MARAFONI

10:12, 25.04.2025      

“Talaba Yugur” — Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi bilan O‘zbekiston yengil atletika federatsiyasining hamkorligida amalga oshirilgan keng ko‘lamli loyihadir.

Uning maqsadi talabalar orasida jismoniy faollikni rivojlantirish, sog‘lom turmush tarzini ommalashtirish hamda sport va ta’limni yoshlarning barkamol va har tomonlama rivojlanishining eng muhim tarkibiy qismlari sifatida birlashtirishga qaratilgan.

Ushbu musobaqa sportchi va talabalarni birlashtiruvchi an’anaviy tadbirlar turkumi sifatida har yili kuz-bahor mavsumida o‘tkaziladi.

Farg’ona shahar “Istiqlol” stadionida “Yangi Nafas” umummilliy harakati doirasida tashkil etilgan keng ko‘lamli sport tadbiri – “Talaba Yugur” talabalar ommaviy yugurish musobaqasi o‘tkazildi.

Marafonda oliygohlar, xususan, Farg’ona davlat universitetining profеssor - o’qituvchilari, xodimlar va talabalar hamda viloyatning barcha hududlaridan 250 nafardan ortiq nogironligi bo‘lgan shaxslar faol ishtirok etdilar.

Farg’ona shahrining markaziy ko’chalari bo’ylab 3 km da ortiq masofani bosib o’tganmarafon qatnashchilarini, “FINISH”da, “Samo” sport majmuasida kutib oldilar. Marafon so’nggida marraga birinchilardan bo’lib yetib kelgan ishtirokchilar munosib taqdirlandilar. G’oliblar orasidaFarg’ona davlat universitetining1- bosqich magistranti Xasanboyev Suxbatjon faxrli 2-o'rinni egalladi.