Farg’ona shahridagi SAMO sport- sog'lomlashtirish majmuasida Farg'onalik Osiyo kubogi sohiblarini tantanalikutib olish marosimi bo'lib o'tdi.
Farg'onaning matonatli o'g'lonlari 17 yoshlilar o'rtasidagi Osiyo Kubogi musobaqasida g'oliblikni qo'lga kiritdilar.
Finalda terma jamoamiz haqiqiy iroda va jasorat namunasini koʼrsatdi. Hakamning qarorlariga asosan, minglab raqib muxlislari qarshisida jamoani 9 kishidan iborat fudbolchilarimiz mardona himoya qildi. Shuningdek, pinaltilar va ketma – ket gollar bilan Vatanimiz shani va orini himoya qildilar.
Yoshlar uchun katta iftixor nishonasidir. Margʼilonlik Islom Ismoilov jamoasini ikkinchi boʼlimda ruhiyatini koʼtarib, oʼzgacha taktikalar bilan maydonga olib tushdi. Ikkinchi boʼlimda 50-daqiqada Muhammad Hakimov hisobni penaltidan ochdi. 70-daqiqada Sadriddin Hasanov ajoyib gol kiritdi. Uchrashuvdagi gʼalabani saqlab qolishda Neʼmatulloh Rustamjonovning hissasi katta. Аjoyib seyflar ijro etdi. Buvaydalik Аsilbek Аliev musobaqa toʼpurari boʼldi.