“El-yurt umidi” jamgʻarmasi stipendiatlari uchun Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri K. Sharipov bilan Respublika bo'ylab oliy ta'lim tizimini isloh qilish va samaradorligini yanada oshirish bo'yicha uchrashuv bo'lib o'tdi.
Unda yosh mutaxassislar faoliyatni takomillashtirish va yanada modernizatsiyalash, ularning xorijdagi nufuzli ta’lim va ilmiy muassasalarda, ishlab chiqarish, innovatsion va boshqa kompaniyalarda maqsadli ta’lim olishini hamda stajirovkadan o‘tishini tashkil etish, professional, chuqur bilimga ega, zamonaviy fikrlaydigan va vatanparvarlik ruhida tarbiyalangan yangi avlod kadrlarini shakllantirish va ularni davlat xizmatiga jalb etish borasida barcha shart-sharoitlarni yaratish maqsadida stipendiatlarning bilim va tajribasidan samarali foydalanish, ularning tashabbuslarini qoʻllab-quvvatlash kabi bir qator masalalar ishtirokchilar diqqat markazida bo’ldi.
ZOOM platformasida bo’lib o’tgan ushbu uchrashuvda Farg’ona davlat universiteti nomidan El-yurt umidi stipendiatlari S. To’ychiboyzoda, A. Ne’matov, N. Madrahimova va G. Xomidovalar faol qatnashdi.