Farg'ona davllat universitetida Markaziy bank va Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamkorligida tashkil etilgan “Global Money Week – 2025” xalqaro ta’lim kampaniyasi doirasida “Think before you follow, wise money tomorrow” (“Ertangi moliyaviy imkoniyatlaringiz bugungi qarorlaringizdan boshlanadi”) shiori ostida Iqtisodiyot fakulteti volontyor talabalari tomonidan "talabadan talabaga" dasturi asosida seminar-trening bo‘lib o‘tdi.
Treningda 1–2-bosqichda tahsil olayotgan 150 nafar talaba ishtirok etdi. Ular quyidagi muhim mavzular yuzasidan chuqur tushunchalarga ega bo‘lishdi:
Shaxsiy moliyaviy boshqaruv va impulsiv xarajatlardan saqlanish;
Bo‘lib to‘lash va kredit o‘rtasidagi farq va ulardan oqilona foydalanish;
Kredit tarixi: uning ahamiyati va keng tarqalgan xatolar.
Trening davomida talabalar moliyaviy barqarorlik sari ilk qadamlari uchun muhim bilim va ko'nikmalarni egalladi