Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 335
  • Ko`rib chiqilganlar 295
    • Takliflar 49
    • Arizalar 251
    • Shikoyatlar 35
  • Ko`rib chiqilmoqda 40

JAMIYAT VA DAVLAT ARBOBI, TANIQLI OLIM, AKADEMIK - SAIDOV AKMALJON XOLMATOVICH BILAN UCHRASHUV

11:15, 25.04.2025      

Farg'ona davlat universitetida mashhur huquqshunos olim, O’zbekiston fanlar akademiyasi akademigi, Inson huquqlari boʼyicha Oʼzbekiston Respublikasi Milliy markazi direktori, Oʼzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Demokratik institutlar va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish masalalari qoʼmitasining aʼzosi, jamiyat va davlat arbobi- Saidov Akmaljon Xolmatovich bilan uchrashuv bo’lib o’tdi.

Uchrashuvda universitet rahbariyati, professor-o'qituvchilar, hamda talaba-yoshlar ishtirok etdilar.

Tadbir avvalida universitet rektori Bahodirjon Shermuhammadov tomonidan olimning jamiyatimizda huquqiy dunyoqarashni yuksaltirish, yoshlarda yuridik tafakkurni shakllantirish, yangi tizimdagi akademik darsliklarni yaratish borasidagi ulkan xizmatlari e'tirof etildi.

Ochiq muloqot tarzida tashkil etilgan tadbirda ishtirokchilar o'zlari uchun muhim tavsiyalar oldilar.

Akademik olim inson avvalo o'zi yashab turgan zamin tarixi, qadriyatlari, ajdodlari, allomalarini bilishi va boshqalarga yetkazib berishi zarur ekani, zero, O'zbekistonning asl tarixi shunday yaralishini ta'kidlab o'tdi.

"Muhtaram Prezidentimiz Uchinchi Renessansni bunyodkorlari siz aziz yoshlar ekaningizni ta'kidlamoqdalar.

El koriga yaraydigan, jamiyatiga naf keltiradigan inson bo'lishingizda uch asosiy qoidaga amal qilsangiz, barcha muvafaqqiyat eshiklari sizlar uchun ochiq bo'ladi.

Bular:

- Vataningizni seving, haqiqiy vatanparvar bo'ling;

- Qaysi soha mutaxassisi bo'lmang, yetuk bo'ling, o'z kasbingizda mohir bo'ling;

- Ona tilingizni mukammal biling va albatta, chet tillarini o'rganishga rag'bat qiling, chunki tarixga nazar solsangiz ham allomalarimiz ko'p tillarni mukammal bilganini ko'rasiz", deya ta'kidladi olim o'z so'zida.

Yuksak yuridik bilimlar sohibi, talabalarimiz uchun chinakam ibrat maktabi boʼlmish akademik Akmal Saidov yoshlar bilan samimiy va do'stona muloqot olib borar ekan, yoshlarga adabiyot va huquq ilmiga doir qimmatli ma'lumotlarni yetkazdi.

Muloqot davomida jahon adabiyotining buyuk namoyondalari asarlari misolida huquqiy tarbiyani badiyat vositasida insonlar ongiga yetkazishning ahamiyati haqida o'rinli fikrlar bildirildi.

Uchrashuv ko'tarinki ruhda davom etdi va talabalarning soha doirasidagi turli savollariga batafsil javoblar berildi.