Farg‘ona davlat universitetida Pedagogik Kengashining navbatdagi yig'ilishi universitet tarixidagi muhim ahamiyatga ega bo'lgan xushxabar bilan boshlandi. Sababi, Farg'ona davlat universiteti jahonning nufuzli HE Higher Education Ranking reytingida faxrli 3-o‘rinni egalladi! Bu shunchaki raqam emas, bu - universitet rahbari va jamoasinining fidokorona mehnati, professor-o‘qituvchilarining yuqori ilmiy salohiyati, talaba-yoshlarining ta’lim sifatiga berilgan munosib baho ekani oliygoh rektori tomonidan e'tirof etildi!
Kengash avvalida ilmiy darajalar va unvonlarga erishgan bir guruh professor-o'qituvchilar munosib taqdirlandilar.
Shuningdek, yig'ilish kun tartibidan:
Muhtaram Prezidentimizning "Farg‘ona viloyatidagi oliy ta’lim tashkilotlari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi PQ-26-son Qarori ijrosidan kelib chiquvchi vazifalar,
Universitet kengashi tarkibidagi o'zgarishlar, Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning "Markaziy Osiyo - Evropa Ittifoqi" birinchi sammitidagi Nutqi yuzasidan rektor ma'ruzasi, Pedagoglar tayyorlash tizimini takomillashtirishga oid taqdimotdan kelib chiqadigan vazifalar,
Yoʼriqnoma hujjatlar ijrosi, joriy yilning II choragida amalga oshirilgan oʼquv, ilmiy, xalqaro faoliyat, xorijiy aloqalar, maʼnaviy-maʼrifiy ishlar, zarur tashkiliy masalalar hamda tayinlovlar o'rin oldi.
Mazkur sammit Vatanimiz tarixida birinchi marotaba o'tkazildi. Bu O'zbekistonning xalqaro miqyosdagi obro'sini belgilab berdi, islohotlarning jahon maydonida e'tirof etilayotganini ko'rsatdi, - deya taʼkidladi oliygoh rahbarioʼz soʼzida.