Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 502
  • Ko`rib chiqilganlar 468
    • Takliflar 61
    • Arizalar 392
    • Shikoyatlar 49
  • Ko`rib chiqilmoqda 34

TARIX FAKULTETIDA OCHIQ MA'RUZALAR DAVOM ETMOQDA

08:38, 26.04.2025      


Talabalarning bilimlarini chuqurlashtirish, o‘qituvchilarning pedagogik mahoratini oshirish va ilg‘or tajribalar bilan o‘rtoqlashish maqsadida Professor-o‘qituvchilarning 2024-2025-o‘quv yilining 2-yarim yilligi uchun rejalashtirilgan ochiq ma’ruzalari muntazam o'tkazib kelinmoqda.

Navbatdagi ma’ruza Tarix fakultetida Ijtimoiy ish kafedrasi professori - Abduraxmonova Manzura Manafovna tomonidan “Ijtimoiy ish menejmenti” fanidan “Superviziya amaliyoti, intizom va superviziya boshqaruvida gender” mavzusida bo’lib o’tdi.

Ochiq ma’ruza mashg’ulotida universitet professor-o‘qituvchilari bilan bir qatorda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi Farg’ona viloyati boshqarmasi, Respublika bolalar ijtimoiy moslashuvi markazi kabi hamkor tashkilotlar vakillari ishtirok etdilar.

Tadbir ishtirokchilari ma’ruzachining mavzuni chuqur bilishi, uni yetkazish mahorati va qo‘llagan metodlarining samaradorligini yuqori baholadilar.