Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 466
  • Ko`rib chiqilganlar 433
    • Takliflar 59
    • Arizalar 362
    • Shikoyatlar 45
  • Ko`rib chiqilmoqda 33

XALQARO MALAKA OSHIRISH

11:37, 26.04.2025      

Xalqaro ta’lim standartlari asosida dars o‘tishga qaratilgan malaka oshirish jarayonlari davom etmoqda.

Farg’ona davlat universitetining Qozog‘istonning Abay nomidagi pedagogika universitetida malaka oshirish kursida ishtirok etayotgan filologiya fakulteti o‘qituvchilari "Ona tilini qadrlagan holda chet tillarini o‘rganish" mavzusida tashkillangan respublika miqyosidagi anjumanda qatnashdilar.

Shuningdek, universitetning Filologiya fakulteti qozoq tilini o‘qitish nazariyasi va metodikasi kafedrasi talabalari bilan uchrashib, ularga “O‘zbekiston - turizm diyori” mavzusida mahorat darsi o‘tib berdilar. Xalqaro standartlar asosida olib borilgan ushbu mahorat darslari qozoq talabalarida katta qiziqish uyg’otdi.
Xalqaro malaka kurslari doirasida jamoadoshlarimiz amaliyot o‘tash uchun “Lakaviyew School” nomli IT va musiqaga ixtisoslashgan xususiy maktabga tashrif buyurdilar.