Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 466
  • Ko`rib chiqilganlar 433
    • Takliflar 59
    • Arizalar 362
    • Shikoyatlar 45
  • Ko`rib chiqilmoqda 33

ILMIY XABARLAR

13:40, 26.04.2025      

Farg‘ona davlat universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi PhD.03/30.11.2021.Ped.05.07 raqamli Ilmiy Kengash majlisi bo’lib o’tdi. Mazkur majlisda Pedagogika-psixologiya va san'atshunoslik fakulteti boshlang'ich ta'lim uslubiyoti kafedrasi o'qituvchisi Sidikova Zulfiyaxon Murodjon qizining 13.00.02 - Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi ixtisosligi bo‘yicha pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun taqdim etgan dissertatsiya ishi himoyasi o‘tkazildi.

Sidikova Zulfiyaxon Murodjon qizining “Boshlang'ich sinf o'quvchilariga "Tarbiya” fanini o'qitish orqali ajdodlar merosidan foydalanishning zamonaviy yondashuvlari" mavzusidagi ilmiy ishi Ilmiy Kengash a’zolari tomonidan chuqur va har tomonlama muhokama qilindi. Dissertatsiya mavzusining dolzarbligi, tadqiqotning ilmiy yangiligi, olingan natijalarning asoslanganligi va amaliy ahamiyati alohida ta’kidlandi.

Ovoz berish natijalariga ko‘ra, Ilmiy Kengash a’zolarining 100% ovozi bilan Sidikova Zulfiyaxon Murodjon qiziga yicha pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini berish to‘g‘risida qaror qabul qilindi.