Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 335
  • Ko`rib chiqilganlar 295
    • Takliflar 49
    • Arizalar 251
    • Shikoyatlar 35
  • Ko`rib chiqilmoqda 40

FILOLOGIYA FAKULTETI JAMOASI XALQARO ANJUMANDA

14:31, 26.04.2025      

Millatlar hamdo’stligini yanada mustahkamlash, fan va adabiyotdagi yutuqlarni o’rtoqlashish maqsadidaOzarbayjon davlat pedagogika universitetida "Adabiy aloqa - ijodiy jarayon ko'zgusi" mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya tashkil etildi.

Ushbu anjumanda Filologiya fakultetining Adabiyotshunoslik kafedrasi professor-o'qituvchilari o’zlarining ilmiy ma’ruzalari bilan ishtirok etdilar.

Xususan, Farg‘ona davlat universiteti professori, filologiya fanlari doktori Sabirdinov Akbar Gofurovichning “Oybek she’rlarining vazn xususiyatlari”;

Farg‘ona davlat universiteti dotsenti, filologiya fanlari doktori (DSc) Oripova Gulnoza Murodilovnaning “Lirikada daraxt obrazi tasviri”;

Farg’ona davlat universiteti, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori(PhD) Umurzakov Rustamjon Maxamadovichning “Avtobiografik qissalarda bola obrazi” mavzulardagi ma’ruzalari anjuman ishtirokchilarining e’tiborida bo’ldi.

Shuningdek, jamoamiz vakillari Nizomiy Ganjaviy nomidagi Ozarbayjon milliy ilmlar akademiyasida bo’lib, Badirxon Ahmadali 70 yilligiga bag'ishlangan adabiy kechada qatnashdilar.

Tadbirda so’z olgan Farg’ona davlat universiteti professori Sabirdinov Akbar Gofurovich, o'zbek va ozarbayjon adabiy aloqalarilarining tarixiy ildizi, kechasi, buguni va ertasi haqida iliq fikrlarini bayon etdi.

Anjuman so’nggida mezbonlarga oliygohimiz tomonidan taqdim etilgan estalik sovg’alarni topshirildi. Ushbu hamdo’stlik aloqalari oliygohlarning ilmiy salohiyatini oshirishda uzoq yillar xizmat qilishiga ishonamiz.