Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 502
  • Ko`rib chiqilganlar 468
    • Takliflar 61
    • Arizalar 392
    • Shikoyatlar 49
  • Ko`rib chiqilmoqda 34

XALQARO TAJRIBA ALMASHISH

14:58, 26.04.2025      

Farg’ona davlat universiteti xalqaro miqyosda yetakchi oliygohlar bilan hamkorliklarni yo’lga qo’ygan. Pedagogik mahoratini yanada oshirish hamda xalqaro ta’lim standartlari asosida chet el talabalariga dars mashg’ulotlarini o’tish maqsadida Farg’ona davlat universitetining bir guruh professorlari Rossiya Federatsiyasiga tashrif buyurdilar.

Patris Lumumba nomidagi Rossiya xalqlar do‘stligi universiteti (RUDN)da bo’lgan Filologiya fakultetining Rus tili metodikasi kafedrasi professor-o‘qituvchilari N.T.Xodjayeva va E.A.Abdullayevalar universitet talabalari uchun “Umumiy tilshunoslik” va “Nutq madaniyati” fanlaridan ma’ruza mashg’ulotlarini o’tdilar.

Shuningdek, tashrif davomida kelgusidagi ilmiy – amaliy hamkorlik yanada kuchaytirish yuzasidan kelishuvlarga erishildi