Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 335
  • Ko`rib chiqilganlar 295
    • Takliflar 49
    • Arizalar 251
    • Shikoyatlar 35
  • Ko`rib chiqilmoqda 40

“MARKAZIY OSIYO – YEVROPA ITTIFOQI BIRINCHI SAMMITI: YANGICHA HAMKORLIK SARI MUSTAHKAM QADAM” MAVZUSIDA MA’RIFAT SOATI

15:21, 26.04.2025      

Samarqand shahrida “Markaziy Osiyo – Yevropa Ittifoqi” birinchi sammiti oʼtkazildi. Bu uchrashuv mintaqaviy va xalqaro hamkorlikning yangi bosqichga chiqishi yoʼlidagi muhim tarixiy qadam bo’ldi.

Sammit doirasida Markaziy Osiyo mamlakatlari va Yevropa Ittifoqi oʼrtasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish, iqtisodiy aloqalarni mustahkamlash masalalariga alohida eʼtibor qaratildi. Xususan, transport, logistika, raqamli infratuzilma, ekologiya, migratsiya, xavfsizlik, taʼlim va turizm sohalarida aniq rejalar ishlab chiqilishi, shuningdek, kengaytirilgan sheriklik va hamkorlik toʼgʼrisidagi yangi bitimni qabul qilish, Transkaspiy xalqaro transport yoʼlagini jadal rivojlantirish, “yashil energetika” salohiyatini roʼyobga chiqarish, taʼlim almashinuvi dasturlarini kengaytirish mazkur muloqot kun tartibining asosiy masalalari sifatida koʼrildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoyevning mazkur sammitda so'zlagan nutqini o'rganish va bundan kelib chiquvchi vazifalarni belgilash maqsadida farg’ona davlat universitetida “Ma'rifat soati” tashkil etildi.

Mazkur masala yuzasidan universitet professor-o'qituvchilarining ma'ruzalari eshitildi.

Shuningdek, tadbir davomida Parlamentlararo ittifoqning 150-yubiley assambleyasi mazmun-mohiyati, ijtimoiy tarmoqlardagi ommaviy madaniyatning yoshlar ongiga ta’siri kabi mavzular borasida tegishli fikrlar bildirildi.