Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 335
  • Ko`rib chiqilganlar 295
    • Takliflar 49
    • Arizalar 251
    • Shikoyatlar 35
  • Ko`rib chiqilmoqda 40

REKTOR UCHRASHUVI

16:00, 26.04.2025      

Farg’ona davlat universitetda Pedagogika, psixologiya va san'atshunoslik fakulteti faoliyatini kompleks o'rganish natijalari yuzasidan tanqidiy yig'ilish bo'lib o'tdi.

Oliygoh rektori Bahodirjon Shermuhammadov o'z so'zida yurtimizda tub burilishlar davri kechayotgani, ijobiy islohotlar amalga oshirilayotgani va bir ziyoli sifatida yangilanishlarga, o'zgarishlarga loqayd bo'lishga, e'tiborsiz qoldirishga hech kimning haqqi yo'q ekanini ta'kidlab o'tdi.

Yig'ilishda fakultetda o'quv jarayonini tashkillanishi, talabalar davomati, ilmiy salohiyat, universitet ichki tartib - qoidalariga amal qilinishi, kiyinish va muomala madaniyati, Hemis dasturiga doir muammolar, amaliy va seminar dars mashg'ulotlari tahlili, kafedralar o'quv- uslubiy faoliyati, o'quv adabiyotlarning yaratilishi, proffesor - o'qituvchilar tomonidan dars mashg'ulotlarining sifatli olib borilishi kabi qator muhim masalalar ko'rib chiqildi.

Shuningdek, fan dasturlari va sillabuslarning muvofiqligi, baholash mezonlari, amaliyot hujjatlarini rasmiylashtirish, ma'naviy- ma'rifiy sohada amalga oshirilayotgan ishlarga oid yo'l qo'yilgan kamchiliklar tanqidiy tahlil qilindi.

Jumladan,Ommaviy sport va sog'lomlashtirish tadbirlariga talabalarning jalb etilishi, 5 muhim tashabbus doirasida sport, madaniyat, san'at, adabiyotni yuksaltirish, axborot texnoligiyalari internetdan foydalanish madaniyatini oshirish, yoshlar orasida kitobxonlikni targ'ib qilish, yoshlar ma'naviyatini oshirish bo'yicha tashkil etilayotgan tadbirlarga bitiruvchi kurs talabalarini qamrab olishga borasida fikrlar bildirildi.