O’zbek adabiyotiga chaqmoq kabi chaqnab kirib kelgan,qisqa vaqtichida“O’zbekiston xalq shoiri”sifatidael tanigan Muhammad Yusuf tavalludining 71 yilligi yurtimiz bo’ylab keng nishonlanmoqda.
Farg’ona davlat universitetining Filologiya fakultetida ham shoir ijodiga bag’ishlangan “O‘LSAM AYRILMASMAN QUCHOQLARINGDAN, VATANIM!” nomli ma'naviy - ma'rifiy tadbir doirasida barcha ijod ahli jam bo’ldilar.
Ushbu xotira kechada shoirning bosib o’tgan qisqa umri davomida, qoldirgan buyuk va o’chmas ijodi esga olindi va chuqur tahlil qilindi.
Tadbirda fakultetning professor - o'qituvchilari o'zlarining shoir hayoti va ijodiga bag'ishlangan ilmiy - ma'naviy ma'ruzalari bilan ishtirok etdilar.
Shuningdek, fakultet jamoasi va iqtidorli talabalari ishtirokida shoir she'rlariga bastalangan kuy va qo'shiqlardan iborat badiiy kompozitsiya namoyish etildi.