Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 335
  • Ko`rib chiqilganlar 295
    • Takliflar 49
    • Arizalar 251
    • Shikoyatlar 35
  • Ko`rib chiqilmoqda 40

SUDYA VA YOSHLAR UCHRASHUVI

16:15, 28.04.2025      

Yoshlar bilan ochiq muloqot, talabalarning konstitutsiyaviy bilimlarini oshirish, Konstitutsiyaviy sud va uning faoliyati haqida muhim ma'lumotlarni berish va talabalarning sohaga intilishlarini kuchaytirish hamda imkoniyatlardan unumli foydalanishga o'rgatish maqsadidaFarg’ona davlat universitetining Tarix fakulteti, Huquqshunoslik yo’nalishi talabalari bilan O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sud sudyasi, "Mehnat shuhrati" ordeni sohibi - Komilov Kozimjon Fozilovich o'rtasida “Sudya va yoshlar uchrashuvi” nomli tadbir bo’lib o’tdi.

Uchrashuvda so’zga chiqqan, Komilov Kozimjon Fozilovich tomonidan “O‘zbekiston – 2030” strategiyasini “Atrof-muhitni asrash va “Yashil iqtisodiyot” yilida amalga oshirishga oid davlat dasturi ijrosi yuzasidan kelib chiqadigan vazifalarni sudyalar faoliyatiga tatbiq etish bo‘yicha ishlab chiqilgan alohida dastur bo‘yicha so‘z yuritildi. Sudyalar ushbu dasturda belgilangan muhim vazifalarga to‘xtalib, ularni amalga oshirishga doir chora-tadbirlar haqida ma’lumot berdilar.

Samimiy suhbat tarzida kechgan uchrashuvda Yangi O‘zbekiston yoshlariga yaratib berilayotgan bugungi sharoitlarni e’tirof etdilar. Sudyalik kasbining adolatni, inson huquq va manfaatlarini ta’minlashdagi ahamiyati, kelgusida mazkur tizimda faoliyat olib borishni istagan yoshlar mustahkam bilim olishga intilishi, o‘z ustida ishlashi zarurligini tushuntirar ekan, bo'lajak yuristlarga kasbning oltin qoidalarini ta'kidlab o'tildi:

  • - Vatanparvar bo'ling, yurtingizga nafi tegadigan inson bo'lishga intiling!
  • - O'z huquqingizni bilishingiz, o'zganing huquqlarini poymol qilish hisobiga bo'lmasligi kerak!
  • - Qonun bu hudud, doira, undan chiqmang, begonani ham kiritmang!
  • - Hech qachon o'qimagan, ko'rmagan, qo'l bilan ushlamagan hujjatga fikr bermang!
  • - Odamlarni eshita bilish san'atini puxta egallang!
  • - Oldingga buyuk maqsad qo'ydingmi, oldingga intil!
  • -Halol bo'ling, xalqning pulini yegan inson, bu jamiyatning kishisi emas.
  • - Kim bo'lsangiz ham inson bo'ling!
  • - Bebaho yoshligingizni behuda o'tkazmang!
  • - Yurist hamma narsaga tayyor bo'lishi kerak. O'zingizga mustahkam bo'ling, izzattalab bo'lmang. O'z kasbingiz bo'yicha tinimsiz izlaning!


Talaba-yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mehmonlar tomonidan hayotiy misollar, amaliyotda uchraydigan voqea-hodisalar bilan javob qaytarilgani bo‘lajak huquqshunoslarni sud tizimiga, sudyalikka bo‘lgan qiziqishini oshirdi.

Shuningdek, uchrashuv davomida mehmonlarning oliygoh kutubxonasi fondi uchun huquqshunoslikka oid kitoblari hamda universitet rahbariyatining mehmonlar uchun esdalik sovg’alari taqdim etildi.

Tadbirdan so‘nggida mehmonlar universitet “Qatag`on qurbonlari xotirasi” muzeyiga tashrif buyurib, oliygohning kechasi va buguni haqida qimmatli ma’lumotlarga ega bo’ldilar.