Universitet rektorining 2025-yil 7-fevraldagi fakultetlardagi ta'lim-tarbiya jarayonini kompleks o'rganish to'g'risidagi 43-sonli buyrug'iga asosan, fakultetlar faoliyatini o'rganish davom etmoqda. Xususan, Jismoniy madaniyat fakultetida olib borilayotgan ishlar yuzasidan tanqidiy yig'ilish bo'lib o'tdi.
Yig'ilish kun tartibidan o'quv jarayonini tashkillanishi, talabalar davomatini nazorat qilish, ilmiy salohiyat, Hemis dasturiga doir muammolar, amaliy va seminar dars mashg'ulotlarini sifatli tashkil etish, kafedralar o'quv- uslubiy faoliyati, proffesor - o'qituvchilar tomonidan o'quv adabiyotlarning yaratilishi kabi qator masalalar o'rin oldi.
"Mamlakatni sportchalik hech narsa dunyoga tanitolmas ekan, nima uchun universitetimizdan eng kuchli sportchilar yetishib chiqmasligi kerak. Kelinglar, biz tarbiyalayotgan yosh sportchilar orasidan professional sport ustalari, olimpiada chempionlari yetishib chiqsin! Buning uchun biz barcha imkoniyatlardan foydalanishimiz, tinimsiz mehnat, harakat qilishimiz, oldimizga ulkan maqsadlar qo'yishdan cho'chimasligimiz, eng muhimi beparvo va loqayd yashamasligimiz zarur"- deya ta'kidladi oliygoh rektori o'z so'zida.
Shuningdek, yig'ilishda fakultetda amalga oshirilib kelinayotgan ishlardagi ayrim kamchiliklar, yo'l qo'yilgan xatolarni bartaraf etish bo'yicha qator chora-tadbirlar belgilandi.