Fargʻona davlat universitetining Pedagogika-psixologiya va San’atshunoslik fakultetida Maktabgacha va boshlang’ich ta’limning dolzarb masalalariga oid xalqaro ilmiy-amaliy anjuman bo‘lib o‘tdi.
“Maktabgacha va boshlang‘ich ta’limning dolzarb masalalari: muammo, yechimlar, rivojlanish istiqbollari” mavzusida bo’lib o’tgan mazkur anjumanda universitetining professor-o‘qituvchilari, respublikahamda xalqaro nufuzga ega oliy ta’lim muassasalari vakillari ham faol ishtirok etishdi.
Jumladan, Abay nomidagi Qozoq milliy pedagogika universiteti (Qozog‘iston), M.Tayirov nomidagi Qizil-Qiya gumanitar-pedagogika instituti (Qirg‘iziston), Ural davlat pedagogika universiteti (Rossiya) hamda Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti professor-o‘qituvchilari o‘z ilmiy qarashlari va tajribalari bilan o‘rtoqlashishdi.
Anjumanda maktabgacha va boshlang‘ich ta’lim sohasidagi dolzarb muammolar, ularning samarali yechimlari hamda sohaga oid innovatsion yondashuvlar haqida atroflicha fikr almashildi. Ilmiy-amaliy muloqot ta’lim sifatini oshirish, xalqaro hamkorlikni mustahkamlash va ilmiy tadqiqotlar samaradorligini yuksaltirishda muhim ahamiyat kasb etdi.