Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 335
  • Ko`rib chiqilganlar 295
    • Takliflar 49
    • Arizalar 251
    • Shikoyatlar 35
  • Ko`rib chiqilmoqda 40

BILIMLAR SINOVDAN O'TKAZILMOQDA

11:47, 30.04.2025      

Farg’ona viloyatida yoshlar orasida Kimyo, biologiya, fizika hamda informatika fanlari bo’yicha iqtidor, qobiliyat va iste’dodlarni aniqlash, ilmga bo’lgan qiziqishlarini uy g’otish , ulardagi ijobiy qobiliyatlarini ro’yobga chiqishiga ko’maklashish va qo’llab-quvvatlash maqsadida Farg’ona davlat universiteti tomonida an’anaga ko’ra har yili o’tkazib kelinayotganuch bosqichli “Kimyo, biologiya hamda fizika,informatika fanlari” bo’yicha fan olimpiadalarining 2025-yilgi mavsumiga start berildi.

Mazkur olimpiadaning birinchi bosqichi Farg’ona viloyatidagi mavjud barcha umumta’lim maktablari bitiruvchilari o’rtasida “Kimyo, biologiya hamda fizika, informatika” fanlari bo’yicha tumanlar va shaharlar kesimida bo’lib o’tdi. An’anaviy tarzda har yili o’tkazilib kelinayotgan bu yilgi olimpiadaslarga viloyat miqyosida umumta’lim maktablarida tahsil oluvchi jami 1202 bitiruvchilar ishtirok etish istagida ro’yhatdan o’tishgan.

Xususan, Kimyo, biologiya fani bo’yicha umumiy ishtirokchilar soni 619 nafarni tashkil etgan bo’lsa, Fizika fanidan 286nafar, informatika fanidan 297 nafar bitiruvchilar faol ishtirok etdilar.

Olimpiadalar bir vaqtning o’zida viloyatdagi barcha tuman va shaharda boshlandi hamda uning shaffof tarzda o’tishi ta’minlandi. Olimpiada uchun maxsus testlar o’quvchilarning ko’z oldida, o’zlarining guvohligida ochildi.

Ushbu olimpiada iqtidorlik o’quvchilar o’rtasida o’zaro do’stlik munosabatlarini mustahkamlash, o’quvchilarni intellektual o’ylash iqtidorini rivojlantirish, ularni o’zlari qiziqqan fanlari bo’yicha bilim va malakalarini orttirish, fanlardan olgan bilimlarini erkin ifodalab, ko’rsatib berishga imkoniyat yaratilib o’quvchilarni bilim darajasi sinovdan o’tkazildi.