Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 335
  • Ko`rib chiqilganlar 295
    • Takliflar 49
    • Arizalar 251
    • Shikoyatlar 35
  • Ko`rib chiqilmoqda 40

XALQARO HAMKORLIK

15:38, 01.05.2025      

Dunyoga mashhur QS World Ranking reytingida TOP 800 talikdan oʼrin olgan Rossiya Federatsiyasining Janubiy federal universiteti taklifiga binoan, Fizika-matematika fakulteti Texnologik ta'lim kafedrasi professor-o‘qituvchilari oliygoh qoshidagi Sunʼiy intellekt orqali aqlli (smart) materiallar olish ilmiy tadqiqot institutiga tashrif buyurdilar.

Tashrifdan ko’zlangan asosiy maqsadi ilmiy-stajirovka hamda bakalavr va magistrlarga ma‘ruzalar o'qish, shuningdek, kafedra hamda ushbu oliygoh professor-o'qituvchilari hamkorligida 2026-2028-yillarga mo'ljallangan "CdTiO3BaTe asosida quyosh fotoelementlarini yangi avlodini yaratish va uni amaliyotga joriy etish" mavzusida yangi loyihani rasmiylashtirishga qaratildi.

Muloqot davomida kelgusida O‘zbekistonlik olimlar bilan hamkorlikni yanada kengaytirish, fan va madaniyat sohalarida qo‘shma tadqiqotlarni olib borishga kelishildi.