Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 335
  • Ko`rib chiqilganlar 295
    • Takliflar 49
    • Arizalar 251
    • Shikoyatlar 35
  • Ko`rib chiqilmoqda 40

IQTIDORLI TALABALAR BILAN UCHRASHUV

15:47, 01.05.2025      

Yangi О‘zbekistonning ijtimoiy va iqtisodiy taraqqiyoti hamda uning jahon hamjamiyatida munosib о‘rinegallashini ta’minlovchi muhim omil va millat ziynati bu - iqtidorli yoshlarimizdir.

Farg’ona davlat universitetida ham iqtidorli talabalarni izlash, aniqlash va maqsadli tayyorlash ilmiy va ijodiy salohiyatini rivojlantiruvchi intellektual yoshlarni tayyorlash va bu borada yuksak iste’dod sohiblariga bilimning tegishli sohalari va fanning aniq yо‘nalishlari bо‘yicha о‘z tabiiy qobiliyatlarini namoyon etish va rivojlantirish, о‘zlaridagi noyob iste’dodni rо‘yobga chiqarish uchun keng imkoniyatlar yaratilmoqda.

Xususan, oliygohning Xalqaro hamkorlik bo‘limi konferensiya zalida iqtidorli talabalar bilan navbatdagi amaliy uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Unda talabalarga Fransiyadagi nufuzli oliygohlardan biri — ISC Paris institutining biznes va menejment sohalaridagi o‘rni, xalqaro imkoniyatlari va ariza topshirish jarayoni haqida batafsil ma’lumotlar berildi.

Tadbirning ikkinchi qismida esa “El-Yurt Umidi” jamg‘armasi orqali xorijda ta’lim olish istagida bo‘lgan talabalar uchun stipendiya dasturlari, tanlov bosqichlari va hujjatlar to‘plami haqida tushuntirishlar taqdim etildi.