Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 335
  • Ko`rib chiqilganlar 295
    • Takliflar 49
    • Arizalar 251
    • Shikoyatlar 35
  • Ko`rib chiqilmoqda 40

MUNOSIB NOMZODLAR SARALANMOQDA!

16:17, 01.05.2025      

Farg‘ona davlat universitetida umumta’lim maktablarining bitiruvchi sinf o'quvchilari uchun Kimyo, biologiya, fizika hamda informatika fanlari bo’yicha “UNIVERSITET OLIMPIADASI”ning 2-bosqichini boshladi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 12-avgustdagi“Kimyo va biologiya yo‘nalishlarida uzluksiz ta’lim sifatini va ilm-fan natijadorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 4805-sonli hamda 2020-yil 12-avgustdagi PQ-4805-sonli, 2021-yil 19-martdagi “Fizika sohasidagi ta’lim sifatini oshirish va ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-5032-sonli hamda 2020-yil 6-oktabrdagi “Axborot texnologiyalari sohasida ta’lim tizimini yanada takomillashtirish, ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirish va ularni IT-industriya bilan integratsiya qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4851-sonli qarorlariga muvofiq, Farg‘ona viloyatining umumta’lim maktablarida tahsil olayotgan bitiruvchi sinf o’quvchilari uchun o’tkazilayotgankimyo, biologiya, fizika hamda informatika fanlaridan ko‘p bosqichli “Universitet olimpiadasi”ning viloyat bosqichi bo’lib o’tdi.

Viloyat Xalq ta'limi boshqarmasi bilan hamkorlikda o’tkazilayotgan mazkur olimpiadaning navbatdagi bosqichida Kimyo fani bo’yicha 56 nafar, biologiya fani bo’yicha 67 nafar, fizika fani bo’yicha 56 nafar (55 o’zbek tilida, 1 rus tilida) hamda informatika fani bo’yicha 67nafar (61 o’zbek tilida, 6 rus tilida) jami 246 nafar o’quvchilar birinchi bosqichdan yuqori natijalarga erishib viloyat bosqichida o’z bilimlarini sinovdan o’tkazdilar.