Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 335
  • Ko`rib chiqilganlar 295
    • Takliflar 49
    • Arizalar 251
    • Shikoyatlar 35
  • Ko`rib chiqilmoqda 40

BIZNING TALABALAR XALQARO MAYDONDA!

15:46, 05.05.2025      

Farg’ona davlat universiteti yoshlari nafaqat ilm-fan sohalarida, balki sport maydonlarida ham katta muvaffaqiyatlarga erishmoqdalar. Bunga Qo‘qon shahrida o‘tkazilgan “Qo‘qon Open – 1” xalqaro ochiq turniri musobaqalarini misol qilish mumkin. Ushbu musobaqalarda Taekvondo WT yo‘nalishida ishtirok etgan sportchilarimiz o’zlarini kuch va malakalarini yana bir bor namoyon qildilar.

Mazkur nufuzli turnirda O‘zbekiston bilan birga 5 ta xorijiy davlat vakillari ishtirok etishdi. Qizg‘in va murosasiz bellashuvlarga boy kechgan bahslar orasida Farg‘ona Davlat Universitetining Taekvondo WT yo‘nalishi sportchilari ham munosib ishtirok etdilar. Musobaqada 6 nafar sportchilarimiz kuchli raqobatda o‘zlarining iqtidor, jasorat va sportga bo‘lgan sadoqatlarini namoyon etib, umumjamoa hisobida Farg‘ona Davlat Universiteti 2-o‘rinni qo‘lga kiritdi.

Musobaqa natijalari quyidagicha:

Sobirjonova Halimabonu (2005 y.t., 57 kg) – 1-o‘rin

Ahmedov Dilshodbek (2005 y.t., +80 kg) – 2-o‘rin

Saidov Asilbek (2003 y.t., 80 kg) – 2-o‘rin

Otajonova Ominaxon (2007 y.t., 57 kg) – 2-o‘rin

Tadjiddinova Aminaxon (2007 y.t., 67 kg) – 3-o‘rin

Raimova Mashxuraxon (2007 y.t., 49 kg) – 3-o‘rinni band etib, g’alabaga o’z xissasini qo’shdilar.