Raqamli ta’lim texnologiyalari markazi muxandis elektronchisi va “Texnoligik ta’lim” kafedrasi o’qituvchisi Ergashev Ravshanbek Nazirovich o‘zining ilmiy salohiyatini yuksak darajada namoyon etib, Namangan muhandislik-texnologiya instituti huzuridagi ilmiy daraja beruvchi ilmiy kengashda o’z dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qildi.
Ravshanbek Ergashevning “Chuqur aralashma satxli pCdTe-nCdS va pCdTe-nCdSe geterotizimli quyosh elementlarining optik, elektrofizik va fotoelektrik xususiyatlarini tadqiq qilish” mavzusidagi dissertatsiyasi 01.04.10 – Yarim o‘tkazgichlar fizikasi ixtisosligi bo‘yicha taqdim etildi.
Ilmiy kengash a’zolari tomonidan dissertatsiya mavzusining dolzarbligi, tadqiqotning chuqurligi, ilmiy yangiligi va amaliy ahamiyati yuqori baholandi.
Himoya yakunida ilmiy kengash a’zolari 100 foiz ovozbilan Ergashev Ravshanbek Nazirovichga fizika-matematika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasi berish to’g’risida qaror qabul qilindi.