OLIMPIADA G’OLIBLARI ANIQLANDI
16:12, 05.05.2025

“Bilimsizlik insoniyat uchun eng qorong’u tundir”, buyuk faylasufKonfutsiyning bu hikmati zamonlar oshsada, o’z isbotini topmoqda. Negaki, bilimlilik insonni yuksaklarga ko’tarsa, bilimsizlik uni tubanliklar sari yetaklaydi. Bunga tarix sahifalarida misollar ko’p. Kelajagini farovon bo’lishini o’ylagan jamiyat ilm sari intiladi. Yosh avlodga bilim o’rgatish, ziyo tarqatish payida bo’ladi.
Farg’ona davlat universiteti tashabbusi bilan viloyatimizdagi umumta’lim maktablarining 11- sinf bitiruvchilari uchun Fizika, kimyo, biologiya hamda informatika fanlaridan bo’lib o’tgan “Universitet olimpiadasi” talabalikka davogar, bilimga chanqoq yoshlarning chinakam bilimlar sinovi maydoniga aylandi.
Mazkur olimpiadaning yakuniy bosqichi hayajonli lahzalargaboy bo’ldi. Ikki bosqichni bosib o’tib, yakuniy bosqichga yetib kelgan jami 43 nafar o’quvchi, talabalikka davogarlik uchun bor bilim va ko’nikmalarini ishga soldilar.

So’nggi bosqichining 1-turi yozma ish (maksimal 50 ball) va 2-turi amaliy (laboratoriya) ish (maksimal 50 ball) shaklida oʻtkazildi.
Unda Kimyo fanidan 12 nafar, Biologiya fanidan 10 nafar,Fizika fanida 10 nafar
Informatika va axborot texnologiyalari fanlaridan 11 o’quvchilar bellashdilar.
Natijalar esa quyidagicha: KIMYO fanidan:
- 1-o’rin Yoʻldosheva Ruxshona Anvarjon qiziga - yozma ish 42ball,laboratoriya ishi 25ball, jami 67ball;
- 2-o’rin Tursunaliyev Abrorbek Azizjon oʻgʻliga - yozma ish 38ball,laboratoriya ishi 26ball, jami 64ball;
- 3-o’rin Asqaraliyeva Fotima Nuriddin qiziga - yozma ish 38ball,laboratoriya ishi 24ball, jami 63ball;
BIOLOGIYA fanidan:
- 1-oʻrin Karimov Boburbek Nizomjon oʻgʻli - yozma ish 50ball,laboratoriya ishi 10ball, jami 60ball;
- 2-o’rinBahromova Mavluda Abdusalom qiziyozma ish 44ball,laboratoriya ishi 10ball, jami 54ball;
- 3-oʻrin Tavakkalova Zulxumor Abdulla qizi - yozma ish 32ball,laboratoriya ishi 15ball, jami 47ball
- FIZIKA fanidan:
- 1-oʻrin Eraliyev Ahliyor Ahadjon o’g’li - yozma ish 43ball,laboratoriya ishi 35ball, jami 78ball;
- 2-oʻrin Anvarov Fayozbek Iqboljon oʻgʻli - yozma ish 39ball,laboratoriya ishi 30ball, jami 69ball;
- 3-oʻrin Abduvahhobov Temurbek Akmaljon o‘gʻli - yozma ish 36ball,laboratoriya ishi 30ball, jami 66ball;
-

- INFORMATIKA VA AXBOROT TEXNOLOGIYALARI fanidan:
- 1-oʻrin Muhiddinov Nurillo Narzulla oʻgʻli - yozma ish 43ball,laboratoriya ishi 27ball, jami 70ball;
- 2- oʻrin Ahmadjonova Mubina Muzaffar qizi - yozma ish 30ball,laboratoriya ishi 30ball, jami 60ball;
- 3-oʻrin Safaraliyev Nurmuhammad Tursunaliyevich – yozma ish 28ball,laboratoriya ishi 16ball, jami 44ballni qo’lga kiritib yuqori natijalarni ko’rsatgan o’quvchilar universitetga oʻqishga qabul qilish uchun tavsiya etildilar.
Olimpiada so’nggida gʻoliblar universitet tomonidan diplom va esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandilar.