Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 382
  • Ko`rib chiqilganlar 348
    • Takliflar 50
    • Arizalar 294
    • Shikoyatlar 38
  • Ko`rib chiqilmoqda 34

BIZNING SPORTCHI TALABALAR!

16:16, 05.05.2025      

Mustaqil Davlatlar Hamdo’stligi davlatlari sportchilari o‘rtasida sportning Belbog’li kurash hamda Turkman kurashi bo‘yicha erkaklar va ayollar o‘rtasida bo’lib o’tgan xalqaro turnir musobaqalariga Turkmanistonning Ashxobod shahri mezbonlik qildi.

Ushbu nufuzli sport musobaqasida dunyoning 20dan ortiq mamlakatlaridan 400 nafardan ziyod sportchilar ishtirok etdi.

Mazkur musobaqada bir qator sportchilar yurtimiz sharafini munosib himoya qildilar.

Xususan, Kamoliddinov Xayotbek, Polvonboyev Diyorbeklar bronza medali hamda ayollar o‘rtasida Mo‘ydinova Manzuraoyoltin medallarni qo‘lga kiritib yurtimiz bayrog‘ini ko‘klarga ko‘tarishdi.

Ushbu g‘alabalar talaba-yoshlarning sportga bo‘lgan qiziqishi, ularning yuksak maqsadlarga intilishi natijasi ekanligini alohida ta’kidlash lozim.