Toshkent davlat agrar universiteti huzuridagi iilmiy darajalar beruvchi DSc.05/29.04.2022. Qxl.13.04 raqamli Ilmiy kengash majlisi bo’lib o’tdi.
Mazkur majlisda Farg’ona davlat universitetining Agrar qo'shma fakulteti Mevachilik va sabzavotchilik kafedrasi tayanch doktoranti - Shokirova Habibaxon Xudoyberdi qizining 06.01.07- Mevachilik va uzumchilik ixtisosligi boʻyicha qishloq xo'jaligi fanlari falsafa doktori (PhD) darajasini olish uchun taqdim etgan dissertatsiya ishi himoyasi o‘tkazildi.
Shokirova Habibaxon Xudoyberdi qizining “Uzumning introduksiya qilingan urug‘siz navlarini agrobiologik xususiyatlari va o‘sishi, hosildorligiga mikroelementlarni ta’siri” mavzusidagi ilmiy ishi Ilmiy Kengash a’zolari tomonidan chuqur va har tomonlama muhokama qilindi.
Himoya jarayoni yuqori ilmiy saviyada, konstruktiv ruhda o‘tdi. Dissertant o‘zining ilmiy ishining asosiy mazmuni, metodologiyasi va erishilgan natijalari bo‘yicha batafsil ma’lumot berdi hamda Ilmiy Kengash a’zolarining savollariga to‘liq va asosli javoblar qaytardi.
Ovoz berish natijalariga ko‘ra, Ilmiy Kengash a’zolarining 100% ovozi bilan Shokirova Habibaxon Xudoyberdi qiziga qishloq xo'jaligi fanlari falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini berish to‘g‘risida qaror qabul qilindi.