Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 382
  • Ko`rib chiqilganlar 348
    • Takliflar 50
    • Arizalar 294
    • Shikoyatlar 38
  • Ko`rib chiqilmoqda 34

XALQARO MALAKA OSHIRISH

14:50, 08.05.2025      

Xalqaro hamkorlikni mustahkamlash hamda akademik malakalarini oshirish maqasdida Farg’ona davlat universitetining Ingliz tili amaliy kursi kafedrasi o‘qituvchilariAbay nomidagi Qozog‘iston milliy pedagogika universitetida xizmat safarida bo‘ldilar. Tashrif davomida mazkur universitetning Filologiya fakultetidagi Praktik ingliz tili, Sharq filologiyasi va tarjima kafedralari faoliyati bilan yaqindan tanishdilar.

Shuningdek oliygoh talabalariga Farg‘ona davlat universitetida chet el talabalarining ta’lim olishlari uchun yaratilgan imkoniyatlar to’g’risida tayyorlagan “Study and Research at FSU” nomli taqdimotni namoyish etildilar.

Oliygohimizning xalqaro hamkorlik aloqalarini kengaytirishga qaratilgan bu kabi sa'y-harakatlari mamlakatimiz yoshlarining jahon ilm-fan maydonida o'z o'rinlarini topishlariga, O'zbekistonning intellektual salohiyatini yuksaltirishga xizmat qiladi.