Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 335
  • Ko`rib chiqilganlar 295
    • Takliflar 49
    • Arizalar 251
    • Shikoyatlar 35
  • Ko`rib chiqilmoqda 40

ILMIY XABARLAR

14:52, 08.05.2025      

Tarix fakulteti O'zbekiston tarixi kafedrasi o‘qituvchisi Abdunosirova Ozodaxon Botirjon qizining Farg’ona davlat universiteti huzuridagi ilmiy daraja beruvchi PhD.03/31.03.2021.Tar.05.05 raqamli Ilmiy kengash yig’ilishida “Temuriylar davri madaniy hayotida sulola vakillarining tutgan o‘rni” mavzusidagi 07.00.01 – O'zbekiston tarixi ixtisosligi bo‘yicha falsafa doktori(PhD) ilmiy darajasini olish uchun taqdim etgan dissertatsiya ishi himoyasi o’tkazildi.

Abdunosirova Ozodaxon Botirjon qizining “Temuriylar davri madaniy hayotida sulola vakillarining tutgan o‘rni” mavzusidagi ilmiy ishi Ilmiy Kengash a’zolari tomonidan chuqur va har tomonlama muhokama qilindi. Dissertatsiya mavzusining dolzarbligi, tadqiqotning ilmiy yangiligi, olingan natijalarning asoslanganligi va amaliy ahamiyati alohida ta’kidlandi.

Ovoz berish natijalariga ko‘ra, Ilmiy Kengash a’zolarining 100% ovozi bilan Abdunosirova Ozodaxon Botirjon qiziga tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini berish to‘g‘risida qaror qabul qilindi.