Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 335
  • Ko`rib chiqilganlar 295
    • Takliflar 49
    • Arizalar 251
    • Shikoyatlar 35
  • Ko`rib chiqilmoqda 40

ILMIY ISH HIMOYASI

14:56, 08.05.2025      

Namangan davlat universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi PhD.03/04.06.2021. Fil.76.04 raqamli Ilmiy kengash majlisi bo’lib o’tdi. Mazkur majlisda Farg’ona davlat universitetining Chet tillari fakulteti, Chet tillari kafedrasi katta oʻqituvchisi Xaqnazarova Sayyora Abduraxmonovnaning 10.00.02- oʻzbek adabiyoti ixtisosligi boʻyicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun taqdim etgan dissertatsiya ishi himoyasi o‘tkazildi.

Xaqnazarova Sayyora Abduraxmonovnaning "Abdulla Sher lirikasida poetika masalalari" (anʼana, novatorlik va adabiy taʼsir) mavzusidagi ilmiy ishi Ilmiy Kengash a’zolari tomonidan chuqur va har tomonlama muhokama qilindi. Dissertatsiya mavzusining dolzarbligi, tadqiqotning ilmiy yangiligi, olingan natijalarning asoslanganligi va amaliy ahamiyati alohida ta’kidlandi.

Ovoz berish natijalariga ko‘ra, Ilmiy Kengash a’zolarining 100% ovozi bilan Xaqnazarova Sayyora Abduraxmonovnaga filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini berish to‘g‘risida qaror qabul qilindi.