O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 30-oktabrdagi “Sog‘lom turmush tarzini keng tatbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-6099-son Farmoni va Oliy ta'lim fan va innovatsiyalar Vazirligining 2025 - yil 29 - apreldagi 154 - sonli buyrug'i ijrosini ta'minlash maqsadida universitet rektorining 2025 - yil 5 - maydagi 283 - sonli buyrug'iga asosan mazkur oy "Sportchi - yurt himoyachisi" shiori ostida sport oyligi deb e'lon qilindi.
Universitetning sport - sog'lomlashtirish majmuasida sport oyligining tantanali ochilish marosimi bo'lib o'tdi.
Tadbirni ochib bergan universitet rektori Bahodirjon Shermuhammadov sport oyligi musobaqalarida barcha ishtirokchilarga omad va zafarlar tiladi.Sog'lom turmush tarzi - sog'lom hayot va sog'lom tafakkur ramzi ekanini aytib o'tdi. Shuningdek, joriy yilda ko'plab sport jamoalarimiz respublikada yetakchi o'rinlarni egallagani e'tirof etilib, nafaqat ommaviy, balki professional sportni rivojlantirish, olimpiada o'yinlariga haqiqiy sportchilarni tayyorlash kabi muhim vazifalar ta'kidlandi.
Taqdirlash qismida Rektor kubogi musobaqalarida faxrli o'rinlarni egallagan jamoalarga qimmatbaho sovg'a va diplomlar topshirildi. Talabalar tomonidan tayyorlangan sport o'yinlari va chiqishlari ishtirokchilar e'tiboriga havola qilindi.