Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 382
  • Ko`rib chiqilganlar 348
    • Takliflar 50
    • Arizalar 294
    • Shikoyatlar 38
  • Ko`rib chiqilmoqda 34

ILMIY TAJRIBA ALMASHINUVI

15:13, 08.05.2025      


Qozog‘iston Respublikasining nufuzli L.N.Gumilov nomidagi Yevroosiyo milliy universiteti doktorantlari Amirbay Ayzat Aytugan qizi va Maksutova Natalya Shaxinovnalar Farg‘ona davlat universitetiga tashrif buyurishdi. Ularning tashrifi Fizika va matematika fakultetining amaliy matematika va informatika kafedrasida ilmiy malaka oshirish maqsadini ko‘zlaydi.

Safar davomida qozog‘istonlik doktorantlar Farg‘ona davlat universiteti tomonidan tashkil etilgan muhim ilmiy tadbirda faol ishtirok etdilar. Fakultetda bo‘lib o‘tgan “Tibbiyot sohasida axborot tizimlarini rivojlantirishga zamonaviy yondashuvlar”ga bag‘ishlangan ilmiy-amaliy seminarda Amirbay Ayzat Aytugan qizi va Maksutova Natalya Shaxinovnalar o‘zlarining dolzarb ilmiy ma’ruzalari bilan qatnashdilar.

Ularning tadqiqotlari seminar ishtirokchilari tomonidan katta qiziqish bilan kutib olindi va faol muhokamalarga sabab bo‘ldi.

Qozog‘istonlik yosh olimlarning Farg‘ona favlat universitetiga tashrifi ikki oliy ta’lim muassasasi o‘rtasidagi hamkorlikning amaliy ifodasi bo‘lib, ilmiy izlanishlar olib borish, zamonaviy bilim va texnologiyalarni o‘zaro almashish uchun qulay imkoniyat yaratdi. Bunday xalqaro akademik almashinuvlar talabalar va yosh olimlarning dunyoqarashini kengaytirish, ularni xalqaro ilmiy hamjamiyatga integratsiya qilishda muhim rol o‘ynaydi.