Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 466
  • Ko`rib chiqilganlar 433
    • Takliflar 59
    • Arizalar 362
    • Shikoyatlar 45
  • Ko`rib chiqilmoqda 33

XALQARO ONLAYN KONFERENSIYA

15:15, 08.05.2025      

Marokashning Al Xoceima shahrida bo‘lib o‘tayotgan “Quyosh elementlari va ulardan samarali foydalanish istiqbollari” mavzusidagi xalqaro onlayn konferensiyada Farg‘ona davlat universiteti Texnologik ta’lim kafedrasi mudiri, fizika-matematika fanlari doktori, professor - S. Otajonov o‘z ilmiy ma’ruzalari bilan faol ishtirok etmoqda.

2025-yil 6–8-may kunlari davom etadigan ushbu konferensiyada professor S. Otajonov “Chuqur aralashma satxga ega bo‘lgan CdTe asosidagi geterastrukturalaridan yangi avlod quyosh elementlarini olish va uni amaliyotga tadbiq etish” hamda “CdTe yupqa qatlamlarida fotovoltaik hodisalar” mavzularida taqdimotlar o‘tkazmoqda.

Mazkur ishtirok universitetimiz olimlarining xalqaro ilmiy hamjamiyatdagi faolligini yana bir bor tasdiqlaydi.