Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 335
  • Ko`rib chiqilganlar 295
    • Takliflar 49
    • Arizalar 251
    • Shikoyatlar 35
  • Ko`rib chiqilmoqda 40

XOTIRA AZIZ

15:19, 08.05.2025      

Iqtisodiyot fakulteti talaba-yoshlari uchun unutilmas tadbir bo'lib o'tdi.

Fakultetda ko'p yillar davomida fidokorona mehnat qilgan, o'z bilim va tajribasi bilan ko'plab shogirdlarga ustozlik qilgan faxriy professor-o'qituvchilar ishtirokida "Uch avlod uchrashuvi" tashkil etildi.

Bu noyob uchrashuv talabalar uchun nafaqat o'tmish bilan bugungi kun o'rtasidagi ko'prik vazifasini o'tadi, balki ustozlarning boy hayotiy va kasbiy tajribalari bilan tanishish, ulardan ibrat olish imkoniyatini ham yaratdi.

Shu bilan birga, yaqinlashib kelayotgan 9-may – "Xotira va qadrlash kuni" munosabati bilan fakultetda "VATAN FIDOYI FARZANDLARINI UNUTMAYDI" deb nomlangan ma'naviy-ma'rifiy tadbir ham bo'lib o'tdi. Ushbu tadbir davomida Vatan ozodligi va mustaqilligi yo'lida jon fido qilgan qahramonlar xotirasi yodga olindi. Talabalar tomonidan tayyorlangan she'rlar, kuy-qo'shiqlar va sahna ko'rinishlari tadbirga o'zgacha ruh bag'ishladi.

"Uch avlod uchrashuvi" doirasida faxriy ustozlar o'zlarining talabalik yillari, fakultetning rivojlanish tarixi, erishilgan yutuqlar va kelajakdagi rejalar haqida samimiy suhbat qurdilar. Talaba-yoshlar o'zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilib, ustozlarning oʼtmishidan bebaho saboqlar oldilar.

Bu kabi uchrashuvlar avlodlar o'rtasidagi bog'liqlikni mustahkamlash, yoshlarning Vatanga muhabbat, ustozlarga hurmat tuyg'ularini oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

"VATAN FIDOYI FARZANDLARINI UNUTMAYDI" tadbiri esa yosh avlodning tarixga bo'lgan hurmatini, o'z yurtiga sadoqat tuyg'usini yanada kuchaytirdi.

Talabalar Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va mustaqillik yillarida Vatan ravnaqi yo'lida xizmat qilgan insonlarning jasoratini yodga olish orqali ularning xotirasiga hurmat bajo keltirdilar.