Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 382
  • Ko`rib chiqilganlar 348
    • Takliflar 50
    • Arizalar 294
    • Shikoyatlar 38
  • Ko`rib chiqilmoqda 34

XALQARO HAMKORLIK YO’LIDA

15:22, 08.05.2025      

Farg'ona davlat universiteti xalqaro aloqalarini mustahkamlash borasida yana bir muhim qadam tashladi.

Xususan, Buyuk Britaniyaning nufuzli Brit Education & Travel Ltd kompaniyasi direktori janob Soslan Salamov universitetga tashrif buyurdi. Ushbu tashrif oliy ta'lim muassasasi uchun yangi imkoniyatlar eshigini ochdi.

Universitet rektori, professor Bahodirjon Shermuhammadov va janob Soslan Salamov o'rtasida bo'lib o'tgan samimiy va konstruktiv uchrashuv akademik almashinuv masalalariga bag'ishlandi. Muzokaralar yakunida muhim kelishuvga erishildi.

Tomonlar mazkur universitetda taʼlim olayotgan iqtidorli talaba-yoshlarni hamda butun Farg'ona vodiysidagi bilimga chanqoq yoshlarni Buyuk Britaniya va boshqa Yevropa davlatlarining yetakchi oliy o'quv yurtlarida o'qishga yuborish maqsadida "Foundation" tayyorlov kurslarini tashkil etish bo'yicha o'zaro anglashuv memorandumini imzoladilar.

Ushbu memorandumning imzolanishi nafaqat universitet talabalari uchun, balki butun Farg'ona yoshlari uchun yangi ufqlar ochadi.

Quvonarlisi, endilikda ularning Buyuk Britaniya va Yevropaning rivojlangan davlatlarida o'z bilim va ko'nikmalarini oshirish, xalqaro miqyosda tan olinadigan diplomlarga ega bo'lish imkoniyati yanada kengayadi.

"Foundation" kurslari talabalarga xorijiy universitetlarga kirish uchun zarur bo'lgan til bilimi va akademik tayyorgarlikni ta'minlaydi.

Oliygohimizning xalqaro hamkorlik aloqalarini kengaytirishga qaratilgan bu kabi sa'y-harakatlari mamlakatimiz yoshlarining jahon ilm-fan maydonida o'z o'rinlarini topishlariga, O'zbekistonning intellektual salohiyatini yuksaltirishga xizmat qiladi.

Brit Education & Travel Ltd bilan o'rnatilgan bu hamkorlik kelajakda talabalar va o'qituvchilarning o'zaro tajriba almashinuvini yo'lga qo'yish, qo'shma ilmiy loyihalar amalga oshirish uchun mustahkam zamin yaratadi.