Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 382
  • Ko`rib chiqilganlar 348
    • Takliflar 50
    • Arizalar 294
    • Shikoyatlar 38
  • Ko`rib chiqilmoqda 34

XOTIRA MANGUDIR

15:27, 08.05.2025      

Tabiiy fanlar fakulteti talabalari tomonidan 9-may – Xotira va qadrlash kuniga bag‘ishlangan “Inson aziz – xotira muqaddas” nomli xotira tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Tadbirni fakultet dekani ochib berdi. U o‘z nutqida Ikkinchi jahon urushi jang maydonlarida jasorat ko‘rsatgan faxriylarimizni yodga olib, ularning mardligi va qahramonligini chuqur ehtirom bilan esga oldi.

Tadbir davomida butun umrini ilm-ma’rifat yo‘lida fido qilgan, yosh avlodni tarbiyalashda munosib hissa qo‘shgan ustozlar nomi hurmat bilan tilga olindi.

Faxriy ustoz Valijon Mahmudov va Kimyoxon Bahodirova so‘zga chiqib, tarixiy xotiralarni yodga oldi va yoshlarga ma’naviy saboq berdilar.

Tadbir yuksak ma’naviy ruhda o‘tdi va ishtirokchilarda chuqur taassurot qoldirdi.