Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 466
  • Ko`rib chiqilganlar 433
    • Takliflar 59
    • Arizalar 362
    • Shikoyatlar 45
  • Ko`rib chiqilmoqda 33

SPORTCHI - YURT HIMOYACHISI!

15:31, 08.05.2025      

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 16-iyuldagi PQ-5148-son qarorida belgilangan topshiriqlarni ijrosini taʼminlash maqsadida Farg'ona davlat universitetining sport - sog'lomlashtirish majmuasida "Jismoniy tayyorgarlik darajasi" sport musobaqalarining boshlanishi oldidan tantanali marosimi tashkil etildi.

Mazkur tadbirda Farg'ona viloyatidagi oliy ta'lim muassasalari rektorlari onlayn va oflayn tarzda ishtirok etdilar. Ular musobaqa ishtirokchilariga omad tiladilar.

Dastavval, yoshlar o’rtasida sportning stol tennis turi bo’yicha baxslar bilan boshlandi. Unda oliygoh rektori bilan sportchilar o’z qobiliyatlarini sinovdan o’tkazdilar.

Shuningdek sport oyligi doirasida universitetning suzish havzasida suzish musobaqasiga start berildi. Musobaqalar qizg’in va hayajonli tarzda davom etmoqda.